Vibratsiya

Vibratsiya (lotincha vibratio — tebranish, titrash), titrash — elastik jismlarning mexanik tebranishi, titrashi. Foydali va zararli xillari bor. Vibrator, vibratsiya mashinasi yordamida ataylab hosil qilinadigan foydali Vibratsiya texnologik operasiyalarda (vibratsion tashishda, vibratsion kesishda, betonni zichlashda), mashina va qurilmalar (vibrobolg’alar, qoziq qoqqichlar)da foydalaniladi. Zararli Vibratsiya transport harakatlanganda, mashina va asboblar ishlaganda paydo bo’ladi; ular konstruktsiyalarni buzishga olib keladi, inson sog’lig’iga zararli ta’sir qiladi. Zararli Vibratsiyani kamaytirish uchun vibroizolyatsiya usuli qo’llaniladi, dinamik so’ndirgichlar va boshqalardan foydalaniladi.