Vesta

Vesta — kichik Sayyora (Asteroid)larning eng yiriklaridan biri (4-raqamli). Nemis astronomi V. Olbers kashf qilgan (1807). Vesta oddiy ko’z bilan ko’rish mumkin bo’lgan yagona kichik (ravshanligi 6’/2 yulduz kattaligida) Sayyora, diametri 555 kilometr. Quyoshdan o’rtacha uzoqligi 2,2 dan 2,6 astronomik birlikgacha, Quyosh atrofida aylanish davri 504 kun. Vesta Toshkentda 1900 yildan boshlab kuzatiladi.