Verner (Werner) Alfred
Verner (Werner) Alfred (1866.12.12, Myuluz, Elzas — 1919.15.11, Syurix) — shveytsariyalik anorganik kimyogar, kompleks birikmalar kimyosi asoschilaridan biri. Syurix universiteti professor (1893 yildan). Verner ma’lum bo’lgan va hali ma’lum bo’lmagan juda ko’p birikmalarni sintez qilgan, ularni tartibga va bir tizimga solgan. Bu birikmalar tuzilishini isbot qilish maqsadida amaliy usullar ishlab chiqqan. Vernerning ichki kompleks birikmalar to’g’risidagi qarashlari ko’pgina organik moddalar (xlorofill, gemoglobin va boshqalar)ning tuzilishini aniqlashga yordam berdi. Uning koordinatsion nazariyasi kompleks birikmalar kimyosiga asos soldi va bilimning turli fan sohalarida keng qo’llanildi. Nobel mukofoti laureati (1913).