Vestfaliya sulhi
Vestfaliya sulhi — Germaniya, Shvetsiya, Frantsiya bilan Muqaddas Rim imperiyasi o’rtasida Vestfaliya (Germaniya) ning Myunster shahrida 1648 yil 24 oktabrda imzolangan sulh. Yevropadagi 30 yillik urushga barham berdi, uning oqibatida yevropada sodir bo’lgan hududiy o’zgarishlar, imperiyadagi diniy munosabatlar va siyosiy tuzumga oid masalalarni hal etdi. Shvetsiya va Frantsiya imperiyaga qarashli ayrim yerlarni o’z tasarrufiga oddi, Shveytsariya va Gollandiya imperiya tarkibidan chiqib, mustaqillikka erishdi. Oqibatda Germaniya kuchsizlanib, parchalana boshladi.