VESTFALIYA SULH SHARTNOMASI

VESTFALIYA SULH SHARTNOMASI — Germaniya, Shvetsiya, Fransiya bilan Muqaddas Rim imperiyasi o’rtasida Vestfaliya (Germaniya) ning Myunster shahrida 1648- yil 24-oktabrda imzolangan sulh. Yevropadagi 30 yillik urushga barham berdi, uning oqibatida Yevropada sodir bo’lgan hududiy o’zgarishlar, imperiyadagi diniy munosabatlar va siyosiy tuzumga oid masalalarni hal etdi. Shvetsiya va Fransiya imperiyaga qarashli ayrim yerlarni o’z tasarrufiga oldi, Shveytsariya va Gollandiya imperiya tarkibidan chiqib, mustaqillikka erishdi. Oqibatda Germaniya kuchsizlanib, parchalana boshladi.