VETNAM AXBOROT AGENTLIGI

VETNAM AXBOROT AGENTLIGI (VAA) — Vetnam matbuot agentligi,1945- yilda asos solingan. Shimoliy va Janubiy Vetnam hududlari qo’shilgach, Janubiy Vetnamni Ozod qilish matbuot agentligi (1961-yilda tashkil bo’lgan) bilan birlashgan (1976). VAA Vetnamdagi bir qancha shaharlarda, shuningdek, dunyoning ko’pchilik mamlakatlarida o’z muxbirxonalariga ega. Markazi — Xanoy shahrida.