Vedanta

Vedanta (sanskritcha aynan — vedalarning oxiri) — Hindistonda tarqalgan diniy-falsafiy oqim. Miloddan avvalgi 4-asrda hind mutafakkiri Badarayana asos solgan. Vedantaga, keng ma’noda Vedantaning o’zi, purvamimansa, vishnuizm hamda shivaizmnnng ba’zi ta’limotlari kiradi. Vedanta tarafdorlari ko’p xudolar asta-sekin yagona Xudoga aylanadi, yagona Xudo hayot nafasi, umumolamning «men»i, ya’ni «mutlaq borliq» — Brahmaair, hamma parsa Brahmadan paydo bo’ladi, degan fikrni olg’a suradilar. Ularning fikricha, Brahma hamma narsani biladi, hamma narsa undan yaraladi, hatto inson ham ong sifatida unga qo’shilib ketadi. Vedanta brahmanizmga, keyinroq hinduizmga falsafiy asos bo’ladi. Vedantaning o’rta asrlardagi namoyandalari Shankara, Ramanuja edi. 19-asrda Ramakrishna va Vivekananda Vedanta g’oyalarini Hindiston voqeligi bilan bog’lashga harakat qildi.