Veliger, yelkancha
Veliger, yelkancha (lotincha velum — yelkan va gerum — olib yuruvchi) — ko’pchilik qorinoyoqpilar va ikki tavaqali mollyuskalarning pelagik lichinkasi. Veliger bir xil turlarda tuxumdan chiqadi, boshqalarida troxora lichinkasidan paydo bo’ladi. Veligerning velumi, oyog’i, ichagi, ko’zlari, muvozanat organlari (statosietlar), chig’anoq bezlari bo’ladi. Chig’anoq bezlari ishlab chiqaruvchi lichinkali chig’anog’i (protokonxa) ichiga Veliger tanasining oldingi qisan boshqa organlari va organlar sistemasi kirib turadi. Ba’zi Veligerlar suv qa’rida uzoq vaqt suzib yuradi va suv oqimi bilan uzoq masofaga tarqalib ketadi. Veliger suv tubiga cho’kkach, voyaga etgan mollyuskaga aylanadi. Chuchuk suv mollyuskalari orasida faqat dreyssenalarning Veliger lichinkasi bo’ladi.