Vekua Ilya Nesterovich
Vekua Ilya Nesterovich (1907.23.4, Shesheleti qishlog’i, Abxaziya — 1977.2.12, Tbilisi) — gruzin matematigi va mexanigi, akademik (1958). Asosiy ilmiy ishlari xususiy hosilali differentsial tenglamalar va ularning tatbiqiga oid. Elliptik tipdagi tenglamalarni yechishda kompleks o’zgaruvchining funktsiyalari nazariyasidan foydalanib yaratgan yangi usullari, singulyar integral tenglamalarga doyr tadqiqotlari hamda ularni matematikaning boshqa tarmoqlariga qo’llashga doir ishlari bilan keng tanilgan. Mexanika sohasida qayishqoq qobiqlar matematik nazariyasining yangi variantini ilgari surgan.