Panteizm

Panteizm (Pan… va Yunoncha theos — Xudo) — Xudo bilan tabiat bir narsa, ular bir butunni tashkil qiladi deb hisoblovchi diniy va falsafiy ta’limot. Panteizm atamasini J. Toland kiritgan (1705). Bu tushuncha Sharqda vujudiyun nomi bilan ataladi. Panteistik tamoyillar o’rta aerlardagi ereslik mistikasida ko’zga tashlangan. Panteizm Uyg’onish davri naturfalsafasi va B. Spinoza («Xudo» va «tabiat» tushunchalarini bir narsa deb bilgan) hamda I.G.Gerder, I. V.Gyote va nemis klassik falsafasiga xos.