Parusina

Parusina (ruscha Parus — yelkan) — zig’ir tolali yoki yarim zig’ir tolali qalin va zalvor mato. Yo’g’on kalava ipdan polotno o’rilishda to’qiladi. Dastlab, asosan, yelkanlar tayyorlash uchun ishlatilgan (nomi shundan). Hozir texnik maqsadlarda (yelkan, Brezent, poyabzal va boshqalar uchun), ish kiyimlari, maxsus kiyim-boshlar tikish uchun ishlatiladi.