Parter

Parter (Fransuzcha parterre — yer bo’ylab) — 1) teatr, kinoteatr va kontsert zallaridagi tomoshabinlar o’tiradigan, sahnaga nisbatan past joy. Parterning yoy shakldagi qator o’rindikdi ilk namunalari qadimgi Rim teatrlarida bo’lgan, Parterlar esa dastlab Italiyada (16-asr) paydo bo’lgan. Hozir Parterlarda o’rindiqlar to’g’ri chiziq bo’ylab joylashtiriladi. Sahna yoki ekran yaxshi ko’rinishi uchun Parterdagi o’rindiqlar qatori orqaga tomon balandlanib boradi; 2) Park yoki bog’larning obod qilingan ochiq qismi; maysazori, gulzori, ba’zan haykal, favvoralari bo’ladi.