Paskal qonuni

Paskal qonuni — gidrosshatikaning asosiy qonuni. Paskal qonuniga ko’ra, tashqi kuchlarning suyuqlik sirtiga bergan bosim ta’siri suyuqlik ichida barcha yo’nalishlar bo’yicha bir xil uzatiladi, ya’ni tashqi kuchlarning suyuqlik sirtiga bosimi uning har bir nuqtasiga o’zgarishsiz tarqaladi. Bu qonunni 1653 yilda B.Paskal aniqlagan (1663 yilda e’lon qilgan). Paskal qonunidan texnikada (xususan, gidravlik pressda) keng foydalaniladi.