Pasargada

Pasargada — qadimgi Erondagi shahar. Persepolsan 80 kilometr shimoldagi qirlarda bunyod etilgan. Fors qabilalaridan pasargadlar nomidan olingan, bu qabilaga axomaniylar ham mansub bulgan. Miloddan avvalgi 550 yil Pasargada yonida fors qo’shinlari Midiya shoxi Astiag armiyasi ustidan g’alaba qozongan. Pasargadada fors moddiy madaniyatining eng qadimgi obidalari (Kir II saroyi va qabri, kvadrat minora ko’rinishidagi otashkada), shuningdek, kir nomi qayd etilgan mixxat yozuvlari saqlangan. Kir II o’limidan so’ng Pasargada axomaniy podsholari toj kiyadigan muqaddas joyga aylangan.