Pashmaj

Pashmaj (Salsola leptoclada) — sho’radoshlar oilasiga mansub bir yillik o’simlik. Poyasi tik, sershox, uzunligi 15-45 santimetr. Barglari oddiy, seret, yarim tsilindrsimon, tukli, ketma-ket joylashgan. Gullari to’g’ri, ikki jinsli. Gul qo’rg’oni 5 bo’lakli, meva yetilishi jarayonida har bir gulqo’rg’on bo’lagidan bittadan qanotcha shakllana boradi. Pashmaj iyul—sentabrda gullab, mevalaydi. O’zbekistonning ko’pchilik viloyatlarida tarqalgan. Asosan, cho’l va adirlardagi sho’r yerlarda o’sadi.