Perigeliy

Perigeliy (peri… va Yunoncha helios — Quyosh) — Quyosh atrofida ellips, parabola yoki giperbola bo’yicha harakatlanayotgan osmon jismi orbitasining Quyoshga eng yaqin nuqtasi. Sayyoralarning g’alayonlovchi kuchlari ta’sirida Perigeliyning fazodagi vaziyati o’zgaradi. Masalan, tortishish qonunlariga muvofiq Merkuriy perigeliyi o’zgargani aniqlangan. Perigeliydan Quyosh markazigacha bo’lgan masofa Perigeliy masofa deyiladi.