Perseidlar

Perseidlar — Persey yulduz turkumidan chiqayotganga o’xshab ko’rinadigan meteor oqimi. Perseidlarni hosil qiladigan meteor jismlar bir necha irmoqlardan iborat (=10 mln. km diametrli) oqim dastasini tashkil etadi. Yer o’z orbital harakatida bu oqim dastasini har yili 1-20 avgust davomida kesib o’tadi. Serhosil Markaziy irmoqning radianti: a=3n 04m, 8=+56°. Bu irmoqqa tegishli meteor jismlarning orbitasi 1862 III va 1870 I kometa orbitasiga yaqin joylashgan.