ARIBOFLAVINOZ

ARIBOFLAVINOZ — ovqat tarkibida riboflavin (vitamin V2) bo’lmasligi yoki yetishmasligi, shuningdek organizmda shu vitamin hazmi yoki o’zlashtirilishi buzilishi oqibatida yuzaga keladigan kasallik. Asosan lab shilliq pardasi va yuz terisi zararlanadi: og’iz burchaklari qizarib, yorilib (bichilib) yaralanadi; angulyar stomatit, xeylit, glossit, keyinchalik terida seboreyali yoki bullyoz dermatitlar, kon’yunktivit, gipoxrom anemiya, nerv sistemasida jiddiy o’zgarishlar ro’y beradi. Orqa chiqaruv yo’li va jinsiy a’zolar sohasida yoriqlar paydo bo’ladi.