Peshayvon

Peshayvon (forscha, pesh — old va ayvon) — xonaning old tomoniga taqab qurilgan ayvon. Peshayvon unga yondosh xonalarning salqin va bahavo bo’lishini ta’minlaydi. Xalq me’morligida keng qo’llaniladi.