Qarchig’aysimonlar

Qarchig’aysimonlar — kunduzgi yirtqichlar turkumi oilasi. Uzunligi 20-114 santimetr. Qanotlari keng; uchi panjasimon yoyiluvchan, uzoq vaqt uchishga moslashgan. Har xil muhitda yashay oladigan 217 turi ma’lum. Antarktika va Arktikadan tashqari barcha hududlarda tarqalgan. O’zbekiston faunasida 14 urug’ (boltayutarlar, jo’rchilar, tasqaralar, qumoylar, burgutlar, arixo’rlar, skopalar, sorlar, kalxatlar, bo’ktargilar, qirg’iylar, ya’ni qarchig’aylar va boshqalar)ga mansub 32 turi uchraydi.