ARIETTA
ARIETTA (italyancha arietta) — 1) kichik ariya, odatda 2 qismli shaklda sodda bayoni va kuyining qo’shiqsimon xarakteri bilan ajralib turadi. Masalan, M. Yusupovning «Xorazm qo’shig’i» operasidagi Bahor Ariettasi; 2) 18-asr 1-yarmi frantsuz operasida da capo ariyasi, italyancha matnga aytilgan. Italyan operasida sahna voqealari rivojiga bog’lanmaganligi bilan Ariyadan farqlanadi, divertismentda faqat «kiritilgan» nomer sifatida ishlatiladi; 3) frantsuz hajviy operasida — xalq ruhidagi yakkaxon ashula (ariya)si. Ba’zan, Arietta nomi cholg’u asarlarga nisbatan ham ishlatiladi. Masalan, B. Gienkoning fortepiano uchun «Bolalar albomi»dagi Arietta.