Qizilarvot
Qizilarvot — Turkmanistonning Bolxon viloyatidagi shahar. Kopetdog’tog’i etagida. Temir yo’l stantsiyasi. Ashxoboddan 219 kilometr shimoli g’arbda joylashgan. Aholisi 34,7 ming kishi (1990-yillar o’rtalari). Vagon ta’mirlash va yog’ sut zavodlari, gilam fabrikasi, tarixiyo’lkashunoslik muzeyi bor. Qizilarvot Toshkent — Krasnovodsk (hozirgi Turkmanboshi) temir yo’l qurilishi munosabati bilan shaharga aylangan.