Psyol

Psyol — Rossiya Federatsiyasi va Ukraina hududlaridagi Daryo. Dneprning chap irmog’i. Uzunligi 717 kilometr, havzasining maydoni 22,8 ming km2. O’rta Rossiya qirlaridan boshlanadi. Qordan to’yinadi. O’rtacha suv sarfi quyilish joyidan 36 kilometrda 55 m3/sek. Dekabrda muzlab, mart—aprelda muzdan bo’shaydi. Asosiy irmog’i — Xorol (o’ngdan). Psyol bo’yida Oboyan, Sumi, gayach shaharlari joylashgan.