ARITMIYA
ARITMIYA (Yunoncha a — inkor qo’shimchasi va rythmos — ritm) — yurak qisqarishlari maromi (normal ritmi) ning buzilishi; chuqur nafas olganda yurak qisqarishining tezlashishi, nafas chiqarganda kamayishi (nafasga aloqador Aritmiya), ko’proq bolalar va o’smirlarda kuzatiladi; yurakning navbatdan tashqari oldinroq qisqarib qolishi (ekstrasistolik Aritmiya), maromli faoliyatining izdan chiqishi (hilpillovchi Aritmiya) va boshqalar. Aritmiyaga yurak muskullarining kasalliklari, nevrozlar, spirtli ichimliklar va nikotindan zaharlanish sabab bo’ladi.