Veblen (Veblen) Torsteyn

Veblen (Veblen) Torsteyn (1857.30.7, AQSh Viskonsin shtati — 1929.3.8, Kaliforniya shtati, Menlo-Parka) — Amerika iqtisodchisi va sotsiologi. Chikago, Stanford, Missuri universitetlarida iqtisodiyot professor. G’arb siyosiy iqtisodida institusionalizmning asoschilaridan biri. U ijtimoiy darvinizm tarafdori. Veblenning fikricha, moddiy ishlab chiqarish ijtimoiy hayotning asosi sanaladi, jamiyatni rivojlantirishda texnik intelligentsiya muhim o’rin tutadi. Veblen g’oyalari texnokratik nazariyalarda keng foydalanilgan. Har qanday jamiyatni sanoat mashinasi tarzida, iqtisodiy institutlarni uning tarkibiy qismlari tarzida qaraydi. Veblen tarix asosiy ikki sinf — muomala sohasida ish ko’radigan biznesmenlar va moddiy ishlab chiqarishni tashkil etuvchi sanoatchilar o’rtasidagi kurashdan iborat deb qaraydi.