Xenan

Xenan — Xitoydagi provintsiya, Xuanxe va Xuayxe daryolarining o’rta va quyi oqimi havzalarida. Maydoni 167 ming km2. Aholisi 93,2 million kishi (1999). Ma’muriy markazi — Chjenchjou shahri. Xenanning sharqiy qismi Buyuk Xitoy tekisligida, garbida Tsinlin va tayxanshan tog’lari tarmoqyaari joylashgan. Daryolari zich. Xitoyning muxim dehqonchilik rayoni. Asosiy ekinlari: bug’doy, makkajo’xori, gaolyan, dukkaklilar, sholi. 2 yil davomida 3 marta hosil yig’ishtirib olinadi. Xenan Xebey provintsiyasi bilan birga mamlakatning asosiy paxtachilik rayoni hamdir. Shuningdek, yer yong’oq, kunjut, tog’yon bag’irlarida choy ekiladi. Bog’dorchilik bilan shug’ullaniladi. Xenanda oziq-ovqat va yengil sanoatlar rivojlangan. Kumir sanoati — og’ir sanoatning yetakchi tarmog’i. Metallurgiya, mashinasozlik, kimyo, tsement, qog’oz sanoati korxonalari mavjud. Hunarmandchilik bilan shug’ullaniladi. Xenan hududidan muhim temir yo’llar o’tgan. Asosiy sanoat markazlari: Chjenchjou, Loyan, Kayfin, Nanyan va boshqalar.