Xershbax (Herschbach) Dadli Robert

Xershbax (Herschbach) Dadli Robert (1932.18.6., San-Xose, Kaliforniya shtati) — amerikalik kimyogar. AQSh Milliy Fanlar Akademiyasi a’zosi. Kaliforniya universitetida ishlagan (1958-63). 1963 yildan Garvard universiteti professor. Ilmiy ishlari fizikkimyoga oid. Xershbax 1960-70 yillarda kimyoviy reaktsiyalar tezligi va mexanizmini tadqiq qilish natijasida to’g’ri elementar jarayonlar deb nomlangan 3 ta o’zaro farqlanadigan yangi mexanizmlar (to’xtatish, urinish va oraliq mexanizmlar)ni kashf etgan. Nobel mukofoti laureati (1986; Ya. L i va J.Ch.Polyani bilan hamkorlikda).