Xususiy ajrim

Xususiy ajrim — sud qarorining alohida turi. Jinoyat ishini qo’zg’atish jarayonida jinoyatning sabablari va uning sodir etilishiga imkon bergan shartsharoitlar aniqlanganidan keyin sud Xususiy ajrim chiqarib, unda tegishli davlat organlari, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, jamoalar yoki mansabdor shaxslardan ana shu sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish choralarini ko’rishni talab qiladi. Jinoyatning sabablarini va uning sodir etilishiga imkon bergan shartsharoitlarni bartaraf qilish to’g’risidagi taqdimnoma yoki Xususiy ajrim yuborilgan tashkilot, jamoa yoki mansabdor shaxs zarur choralarni ko’rishi va ularning natijalari to’g’risida kechi bilan 1 oylik muddat ichida tegishincha surishtiruvchini, tergovchi, prokuror yoki sudni xabardor qilishi shart.