Xalq kuylarini qayta ishlash

Xalq kuylarini qayta ishlash — professional musiqa — bastakorlik va kompozitorlik ijodiyoti sohasi, muayyan janr. Ko’p ovozli musiqa zaminida aranjirovka, garmoniyalashga. Qisman yaqin, lekin usluban birmuncha murakkab. Kompozitorlik maktablari shakllanishida Xalq kuylarini qayta ishlash muhim ahamiyatga ega bo’lib, dastlabki bosqich vazifasini bajaradi, zero milliy musiqa uslublarini o’zlashtirishda ijodiy laboratoriya vazifasini o’taydi (Komitas, U. Hojibekov, Z. Paliashvili, M. Glinka, E. Grig, N. Lisenko, B. Bartok, J. Gershvin, S. Prokofev, L. Yanachek va boshqalar). O’tmish o’zbek musiqa ijrochiligi va ijodiyoti o’zgaruvchanlik, og’zakilik kabi omillarga asoslangan bo’lib, unda xalq hamda mumtoz cholg’u kuy yoki ashula yo’llarining variantlarini yaratish keng urin olgan. Mazkur an’anani bastakorlik ijodiyotining tarkibiy yo’nalishiga aylantirib, T. Jalilov, Yu. Rajabiy va boshqa ijodkorlar Xalq kuylarini qayta ishlashning monodiya zaminidagi yetuk namunalarini yaratishgan. Kompozitorlar ijodidan Xalq kuylarini qayta ishlash katta o’rin olib, O’zbekistonda musiqali drama, opera, balet, simfonik musiqa, kantata, oratoriya, kamer musiqa janrlari o’zlashtirilishida muhim omil bo’ldi. Bu sohadagi dastlabki tajriba (19-asr oxiri — 20-asr boshlarida N. Klenovskiy, F. Leysek, N. Mironov, K. Abdullayev, Z. Maqsudov va boshqalar yaratgan asar) larda kompozitorlar o’zbek musiqa merosi xususiyatlarini singdirisholmadi. 1920-30 yillarda V. Uspenskiy boshka kompozitorlar kabi xalq qo’shiqlari («Zarkokil», «Chamanda gul» va boshqalar), «Farhod va Shirin» musiqali dramasida murakkab ashula hamda maqom yo’llari («Naylaram», «Chorgoh» va boshqalar)ni Tintlovchilarga mo’ljallab qayta ishlashda ko’p ovozli musiqa vositalari (ayniqsa, garmoniya imkoniyatlari)dan cheklangan holda foydalangan. Faqat 30-yillarning 2-yarmida A. Kozlovskiy 4 ta Farg’onacha («Tanavor», «O’zgancha», «Figon» va «gul yuz uzra») ashulani ovoz va simfonik orkestr uchun qayta ishlab, kup ovozli musiqa vositalarini keng tatbiq etdi (ayniqsa, «Tanavor»da), badiiy etuk natijalarga erishdi. G. Mushel 1941 yil «55 o’zbek xalq qo’shig’i» to’plamini yaratdi. Xalq kuylarini qayta ishlash da yangi bosqich 50-yillarda M. Burhonovning jo’rsiz xorga mo’ljallangan O’zbekcha «endi sandek», «Ganji Qorabog'», tojikcha «sari Ko’hi baland», Uyg’urcha «Sayra», qoraqalpoqcha «Bibigul» kabi qayta ishlangan qo’shiqlari bilan boshlandi. Ularda monodiya va ko’p ovozli musiqa an’analari uzviy bog’langan. Keyingi yillarda xalq kuylariga asoslangan jursiz xorlar Ik. Akbarov, S. Boboev, B. Umidjonovlar ijodida rivojlandi. B. Nadejdin, T. Sodiqov, B. Gienko, M. Leviyev, D. Zokirov, S. Jalil va boshqa kompozitorlar xalq kuylarini turli ijrochi (yakka soz, Yakka soz va fortepiano, ansambl va orkestr) lar uchun qayta ishlashgan. Ad.: Gafurbekov T., Folklornie istoki uzbekskogo professionalnogo muzikalnogo tvorchestva, T., 1984. To’xtasin G’afurbekov.