Xuanxe

Xuanxe, sariq daryo Xitoyning Sharqiy qismidagi daryo. Uzunligi 4845 kilometr, havzasining maydoni 771 ming km2. Tibet tog’ligining Sharqiy qismidan, 4000 metr balandlikdan boshlanib, OrinNur va JarinNur ko’llari orqali, Kunlun va Nanshan tog’lari tarmoqlari orasidan oqadi. O’rta oqimida, Ordos va lyossli platoni kesib o’tayotib, katta meandralar hosil qiladi. Quyiroqda, chuqur daralardan o’tgach, so’nggi 700 kilometr masofada Buyuk Xitoy tekisligidan oqadi. Sariq dengizning Boxayvan qo’ltig’iga Delta hosil qilib quyiladi. O’rtacha suv sarfi 2000 m3/sek., rejimi mussonli, yozda toshadi. Tekisliklarda suv sathi 4-5 metr, tog’larda 15-20 metrgacha ko’tariladi. Daryo yiliga 1300 million tonna oqiziq keltiradi va bu jihatdan dunyoda 1o’rinni egallaydi. Xuanxe va uning irmoqlari keltirgan juda ko’p miqdordagi oqizikdardan suv loyqalanib, sariq Gus oladi (Daryo nomi shundan). Oqiziqlar quyi qismida to’planib borib, daryo o’zanini ko’taradi. Natijada tekislikdan o’tgan qismida daryo o’zani tevarak-atrofdagi tekisliklardan 3-10 metr baland. Toshqinlarning oldini olish maqsadida uzunligi 5 ming kilometrli dambalar bilan o’ralgan. Xuanxe va uning irmoqlari gidroenergiya zaxirasiga boy. Sug’orishda keng foydalaniladi. Ayrim qismlarida (jami 790 santimetr) kema qatnaydi. Xuanxe havzasi Xitoyning aholisi eng zich rnlaridan biri. Buyuk kanal orqali Xuayxe daryosi bilan bog’langan. Xuanxe bo’yida Lanchjou, Baotou, Loyan, Chjenchjou, kayfin, Szinan kabi yirik shaharlar joylashgan.