Sho’rob ko’mir koni

Sho’rob ko’mir koni — Turkiston tog’tizmasining shimoliy etagidagi kon. Umumiy maydoni 250-300 km2 bo’lib, g’arbiy (Qirgiziston hududida) va Sharqiy (Tojikiston hududida) qismlarga bo’linadi. G’arbiy qismga Sho’rob III, g’arb va Madigen maydonlari, Sharqiy qismga esa Sho’rob I, Sho’rob II, Samarqandak maydonlari kiradi. Sho’rob ko’mir koni geologik jihatdan paleozoy, yura, bo’r va to’rtlamchi davr jinslaridan tashkil topgan. Paleozoy jinslari metamorfizmga uchragan slanes va ohaktoshlardan, yura jinslari kulrang giltosh, qumtosh va konglomeratlardan ibbrat. Ko’mir qatlamlari, asosan, quyi va o’rta yura yotqiziqlarida joylashgan. Sho’rob I maydonida 10 ta qatlam bo’lib, shundan «v» qatlami qazib olish mumkin bo’lgan 3-20 metr qalinlikda. Sho’rob II maydonidagi 27 ta qatlamdan 12 tasi shunday qalinlikka ega. Ko’mir qatlamlariga eng boy maydon Sho’rob III bo’lib, unda 53 ta qatlam bor. Ko’mir qatlamlarining umumiy qalinligi 123 metr. Sho’rob ko’mir konining ko’miri — qo’ng’ir qo’mir; ochiq havoda saqlanganda kuchli oksidlanishga moyil bo’lib, yonib ketish xususiyatiga ega.