Shuls Teodor

Shuls Teodor (1902 AQSh, Janubiy Dakota 1998) amerikalik iqtisodchi. Viskonsin universiteti magistraturasini tamomlagan (1928), iqtisodiyot Doktori (1930). 1930— 43 yillarda Ayova davlat universitetida qishloq xo’jaligi iqtisodiyotidan dars bergan, 1943 yildan boshlab deyarli 40 yil Chikago universiteti professor Shulsning asosiy tadqiqotlari qishloq xo’jaligi va ta’lim iqtisodiyotiga bag’ishlangan. Osiyo va Janubiy Amerika davlatlarining iqtisodiyotiga bag’ishlangan «An’anaviy qishloq xo’jaligining o’zgarishi» asarida agrar texnologiyalarning muhim ahamiyatini ochib berdi. AQSh iqtisodiyotida inson kapitalidan olinadigan foyda jismoniy kapitaddan ortiqligini isbotlab berdi va ayniqsa rivojlanayotgan mamlakatlarda ta’lim, sog’liqni saqlash va fan sohasiga yirik investitsiyalar ajratishni taklif qildi, bu sohalarni rivojlantirishni mamlakat iqtisodiy o’sishi uchun yangi korxonalar qurishdan afzalroq, deb hisobladi. Nobel mukofoti laureati (1979; au.Lyuis bilan hamkorlikda).