Shohmurod
Shohmurod (1741/49 Buxoro 1800.30.11) Buxoro amiri (1785-1800), yillardan. Muhammad Doniyolbiy otaliqning o’g’li. Shohmurod otasi vafot etgach, uning «amirul umaro» unvonini qabul qilgan va rasmiy ravishda Buxoro taxtida o’tirgan chingiziy Abulg’ozixonni hokimiyatdan chetlatib, o’zini Buxoro amiri deb e’lon qilgan (1785 yil 9 iyun’). O’nta ukasining har biriga bittadan viloyat hokimligini berib, siyosiy tarqoqlikka barham bergan. Shohmurod faol ichki va tashqi siyosat olib borgan. Shohmurod pul islohoti o’tkazib, sof kumushdan tanga zarb qildirgan. Zamoshyushlari va kelajak tarixchilari Shohmurodni «amiri ma’sum» («begunoh Amir») va «Umari soniy» («ikkinchi Umar»), «G’oziy» unvonlari bilan tilga olishadi. Shohmurod Marv, Balx va boshqalar hududlarni Buxoroga qaytarish uchun Xurosonga qilgan harbiy yurishlarida uning qo’shinlari golib chiqqan, Marv, Balx, Maymana va Andxuy Buxoroga qaytarilgan. Shohmurod Usmonli turk sultonligi va Rossiyaga bir necha marta elchilar jo’natgan. Shohmurod tasavvuf g’oyalari bilan sug’orilgan «Ayn fihikmat» («donishmandlik asoslari») asarini yozgan, hanafiya mazhabiga doir «Fatavayi ahli Buxoro» («Buxoro ahliga fatvolar») to’plamini tuzgan. Shohmurod davrida Buxoro va Samarqandda ko’plab madrasalar, masjidlar, xonaqolar va turli binolar qurilgan. Xususan, Zarafshon vodiysidagi dehqonchilikka katta e’tibor qaratilib, Zarafshon daryosidan turli ariqlar (Qozonariq, Toyman arig’i, To’g’uzariq). Oqdaryo va Qoradaryodan yangi ariqlar chiqarilgan hamda boshqa sug’orish inshootlari qurilgan. Shohmurodning o’zi Samarqandni qayta qurish tarkini chizgan. Shohmurod shaharda 24 ta mavze qurib, mamlakatning Sharqiy viloyatlaridan bu erga aholini ko’chirib keltirgan. G’uzorda madrasa va masjid qurdirgan. Shuningdek, Shohmurod hukmronligi yillarida Doniyolbiy davrida boshlangan Xalifa Xudoydod majmuasi qurilishi davom ettirilgan. Shohmurod Jo’ybordagi Eshoni Imlo qabristonida piri Shayx safar qabri oldida dafn etilgan. Ad.: O’zbekiston davlatchiligi tarixi ocherklari, T.. 2001. Qahramon Rajabov.