Shuman Robert Aleksander

Shuman Robert Aleksander (1810.8.6, Svikkau — 1856.29.7, Endenix, Bonn yaqinida) — nemis kompozitori, 19-asr musiqiy romantizmning namoyandalaridan. F.Vik (fortepiano) va G.Dorn (kompozisiya)dan ta’lim olgan. Shuman ijodi uchun dasturlilik va inson tuyg’ularini chuqur psixologik ochib berish xos. Shuman o’z asarlarida hayot oqimini butkul aks ettirishga intilgan, har bir hodisa va taassurotni o’ziga xosligini ifoda etib, qarama-qarshi kayfiyat va obrazlardan iborat bo’lgan, keng qamrovli badiiy dunyosini yaratgan. Fortepiano asarlaridan — «simfonik etyudlar», «Karnaval», «fantastik pesalar» kabi turkumlari, shuningdek, «fantaziya», 3 Sonata, kontsert va boshqalar ajralib turadi. Vokal lirika tarixida Shumanning G.Geyne («shoir sevgisi»), A.Shamisso («Ayol hayoti va sevgisi»), yileyxendorf («Qo’shiqlar davrasi») she’rlariga yozgan qo’shiq (romans) turkumlari muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, Shuman «Genoveva» (1848) operasi, J.Bayronning «Man- Fred» poemasiga musiqa, 4 simfoniya, kamer hamda xor asarlari va boshqalar muallifi. Sh.Leypsigda «yangi musiqa jurnali»ni tashkil etib (1834), ilg’or g’oyalarni oldinga surgan. Shuman Sharq mavzularida kamercholg’u («Arabcha», «Sharq manazaralari»), kamervokal («Sharq gullaridan», «Mag’ribmashriq devonidan») va yirik («Jannat va Peri» oratoriyasi, 1843) asarlarini yaratgan.