Xromshpinelidlar, xromshpinellar

Xromshpinelidlar, xromshpinellar — murakkab oksidlar kichik sinfining shpinelidlar guruhiga mansub minerallari; doimiy tarkibga ega bo’lmagan qattiq eritmalar sistemasi. Kimyoviy tarkibi (Mg, Fe)(Cr, Al, Fe, Ti)2O4. Xromshpinelidla 20 ga yaqin mineral va ularning turlarini o’z ichiga oladi. Asosiy minerallari: magnoxromit, xrompikotit, alyumoxromit. Sof xromit FeCr2O4 kam uchraydi, meteoritlardagina topilgan. Xromshpinelidlada V, Ti, Mg, Zn izomorf aralashmalari bor. Tining ko’pligi xromli ulveshpinel va ilmenitning mikroqo’shimchalari bilan bog’liq. Tarkibida Fe ko’p bo’lgan Xromshpinelidla Ferrimagnetiklardir. Xromshpinelidla ko’pincha platina guruhi minerallarining mexanik aralashmasini tashkil qiladi. Kub Singoniyada kristallanadi. Odatda, qora donador massalar, ba’zan oktaedr shaklidagi mayda kristallar holida uchraydi. Rangi qora, qo’ng’irqora. Metalldek yaltiroq. Qattiqligi 5,5— 7,5, zichligi 4,2—5,1 g/sm3. Xromshpinelidla konlari, asosan, ultraasosli magmatik jinslar bilan bog’liq. Undan tashqari, talk va xloritli slaneslar, dolomitlar, temirli meteoritlar va oy bazaltlarida uchraydi. Sochmalarda turg’un holatda bo’ladi. Yirik konlari JAR, Braziliya, Albaniya, Turkiya, Rossiya Federatsiyasi (Ural) va Qozog’iston Janubida mavjud. Xromshpinelidla xrom rudayaariiint asosiy minerallaridir. Sun’iy Xromshpinelidla (xromli ferritlar)dan radioelektronika, hisoblash texnikasi va boshqalarda foydalaniladi.