Xlor-sirka kislotalar
Xlor-sirka kislotalar — organik birikmalar, sirka kislotaning 1,2 yoki 3 ta xlor atomi tutgan, mono, Diva trixlorsirka kislotalari, SN2S1OON, SNSSSOON, SSSSOON. Mono va trix.k. rangsiz kristall moddalar; suyuqlanish temperaturasi tegishlicha 63° va 59,2°, qaynash temperaturasi 189,3° va 197°. Xlor-sirka kislotalar suv, spirt, atseton va efirda eriydi. Bularning ichida mono Xlor-sirka kislotalar muhim amaliy ahamiyatga ega. U Nil bo’yoq va ko’pgina bo’yagichlar sintezida oraliq mahsulot sifatida, karboksimetilsellyuloza, uxlatuvchi modda — barbital, gerbitsidlar olishda ishlatiladi. Muz holatdagi sirka kislotani xlorlab va boshqa usullarda olinadi.