Xol
Xol — zargarlik buyumi; ayollar yuzi (peshona va chakkasi)ga taqadigan bezak, taqinchoq. Mastika (yumshoq mum) dan kichkina hajmda doyra shaklida yasalib, hallangan. Xol yuzga qiyom yoki asal bilan 1 donadan yopishtiriladi; xuddi shunday shakldagi buloqi ham Xol (xolbini) deb atalgan. Xol o’tmishda yomonlikdan saqlovchi, asraguvchi ma’nosiga ega bo’lgan; shuning uchun Xol avval himoyalovchi, so’ng bezak vazifasini bajargan. Baqtriya (2-asr), Dalvarzintepa (3-asr) va boshqalardan topilgan peshonasida yasama Xol bo’lgan haykallar Xolning qadimligidan darak beradi.