Xoliqiy Muhammadjon
Xoliqiy Muhammadjon (1890, Qo’qon — 1938.18.11, Buxoro viloyati) — ma’rifatparvar pedagog. Qo’qon va Buxoro madrasalarida o’qigan. 1910 yil o’z uyida yangi usul maktabini ochgan va bolalarni o’qitgan; shoir Charxiy shu maktabda o’qigan. 1917 yil Qo’qondagi «Ta’limi maorif» («maorif tarqatish») jadidlar tashkilotida sarkotib bo’lgan. 1917-26 yillarda Qo’qondagi doril-muallimin (1920 yildan ta’limtarbiya texnikumi)da husnixat, ona tili va adabiyotdan dare bergan; dorilmualliminda yozuvchi Abdulla Qahhor, akademiklar T. Zohidov, J. Saidov o’qigan. Ayni paytda 1918-28 yillarda Qo’qondagi 11-maktabda o’qituvchi. 1929-30 yillarda va 1937 yildan millatchilikda ayblanib, hibsda bo’lgan. Turmada vafot etgan. 1913 yildan jadid matbuotida ilm-ma’rifatga doir maqolalarini e’lon qilgan. «Turkiy alifbo» darsligi (1916), «Jumhuriyat nima?»(1917) risolasi muallifi.