Xlor

Xlor (Yunoncha chloros — och yashil, sarg’ishyashil, lot. Chlorum), C1— Mendeleyev davriy sistemasining VII guruhiga mansub kimyoviy element, galogenlarga kiradi. Tartib raqami 17, atom molekulasi 35,453. Normal sharoitda 2 atomli gaz (S12). Xlorni ilk bor 1774 yilda shved kimyogari K. Sheeli xlorid kislotani marganes (R/) oksid ta’sirida oksidlab hosil qilgan. J. Gey-Lyussak, frantsuz kimyogari L. Tenar, ingliz kimyogari va fizigi G. Devi 1810 yilda Xlorning element ekanligini isbot qilishdi. Xlor Yer po’stining massa jihatidan 1,710^2% ini tashkil etadi, dengiz va okean suvlarida 2% gacha Xlor mavjud. Faol element bo’lganligi sababli erkin holda vulqon gazlaridagina uchraydi. Asosiy minerallari: ga lit NaCl, silvin KS1, silvinit KClNaCl, bishofit MgCl26H2O va boshqalar. Xlor 2 ta barqaror izotoplar 35S1(75,53%) va 37S1(24,47%) aralashmasidan iborat. Sun’iy radioaktiv izatoplaridan 34S1(T|/2=32,4 min), 36S1 (T1/2=3,08105 yil), 38S1(T|/2=37,29 min) kimyoviy va biokimyoviy jarayonlarni o’rganishda foydalaniladi. Xlor — o’tkir hidli, sarg’ishyashil tusli gaz. Havoga nisbatan 2,5 marta og’ir. Suyuqlanish temperaturasi — yug, qaynash temperaturasi 34, gradus, zichligi 3,214 kg/m3. Suvda yaxshi eriydi. Temperatura ko’tarilishi bilan Xlorning suvda eruvchanligi pasayadi (100° li suvda Xlor amalda erimaydi). Xlor o’z birikmalarida— 1, +1, +3, +4, +5 va +7 valentli. U kimyoviy jihatdan juda faol bo’lgani uchun ko’pchilik elementlar bilan bevosita birikadi, uglevodlardagi vodorod o’rniga almashinadi. Tuyinmagan birikmalar so, S2N4 va boshqalar. Xlorni biriktirib olishi mumkin. Kislorod, azot, uglerod va inert gazlar Xlor bilan bevosita reaktsiyaga kirishmaydi. Namgarchilik bulmagan muhitlarda Xlor temir bilan birikmaganligi bois un po’lat ballonlarda tashish mumkin. l. vodorod bilan shiddatli reaktsiyaga kirishib vodorod xlorid NS1 hosil qiladi. Suvda gidrolizlanishi natijasida kuchsiz gipoxlorid kislota NS1O va kuchli xlorid kislota no hosil bo’ladi. Xlorning S12O, S1O2, S12O6, S1207 kabi kislorodli birikmalari va S12O8 tarkibli peroksidi ma’lum. Xlor ishqorlarning eritmalari bilan reaktsiyaga kirishib xona temperaturasida gipoxloritlar, qizdirilganda esa xloratlar hosil qiladi. Xlor boshqa galogenlar bilan reaktsiyaga kirishib S1G’,S1G’3,VgS1, IC1, 1S13 kabi birikmalar beradi. Sanoatda Xlor NaCl ning suvdagi eritmasini po’lat katod va diafragmadan foydalanib (diafragma usuli), ion almashtiruvchi membranalar yoki simob katod qo’llab (simob usuli) elektrolizlab olinadi. Xlor dezinfektsiyalovchi vosita sifatida, ichimlik suvini tozalash va zararsizlantirishda qo’llanadi. Metil xlorid, xloroform, tetraxlormetan, freonlar va tarkibida Xlor tutgan turli polimerlar olishda Xlordan keng foydalaniladi. Xlor zaharli. Xlor ishlatiladigan korxonalarning havosida uning kontsentrasiyasi 1 mg/m3 dan ortiq bo’lmasligi kerak. Xlor ionlari ba’zi fermentlarning faolligini oshiradi. Natriy xlorid tirik organizm hayoti uchun nihoyatda zarur modda. Odam organizmining qariyb 0,25% ini Xlor tashkil etadi. Ad.: Parpiyev N. A., Rahimov X. R., Muftaxov A. G., Anorganik kimyo, T., 2003; Kasimova S. S, Biogennie elementi, T., 1990. Rustam Marupov.