Ximenes (Jimenez) Xuan Ramon

Ximenes (Jimenez) Xuan Ramon (1881.24.12, Moger 1958.29.5, San-Xuan, Puertoriko) — ispan shoiri. Ispan modernizmi boshlovchilaridan. Dastlabki she’riy to’plami — «binafsha hidi» (1900). «Qofiyalar» (1902), «g’amgin kuylar» (1903), «olis bog’lar» (1904), «Pastorallar» (1905) she’riy to’plamlari, «Platero va men» (1914) lirik qissasi modernizm usulida yozilgan. «Yoz» ishqiy she’rlar to’plami xotini — Amerikalik shoira Zenobin Kamprubiga bag’ishlangan. Ximenesning keyingi to’plami «shoir kuyov bolaning kundaligi» (1917) o’zining AQShga safari taassurotlari asosida yozilgan. She’rlar ispan she’riyatida birinchi bor erkin usudda yozilgan. Keyingi 20 yil davomida ispan adabiy jurnallarida tanqidchi va muharrir bo’lib ishlagan, ijodida esa, o’zi aytib yuradigan «mangulikka tashnalik»ni ifodalashga harakat qilgan. «Mangulik» (1918) kitobida oldingi yozgan she’rlar idan voz kechib, «sof» she’riyatga intilgan. «Tosh va osmon» (1919), «go’zallik» (1923) she’riy tuplamlarida go’zallik va o’lim, ijod va ruh ozodligi orasidagi bog’liqlik mushohada qilingan. «Yangi dunyo qo’shiqlari yili» (1923-36) antologiyasida tabiatdagi hukmron muvofiqlik nozik his bilan aks ettirilgan. 1951 yil «Xudo — istalgan va istovchi» poetik tsikl ustida ishlagan. To’plam tugallanmagan, boshlagan she’rlarini boshqa bir to’plamga qo’shib yuborgan. Nobel mukofoti laureati (1956).