Havo-kosmik samolyot
Havo-kosmik samolyot — atmosfera (havo) va kosmik fazoda uchirishga mo’ljallangan, ham samolyot, ham kosmik uchish apparati xususiyatlariga ega bo’lgan reaktiv uchish apparati. Xuddi samolyot kabi aerodromdan uchirilib, kosmik kema kabi tezligi orbital tezlikkacha yetkazilib. kosmik fazoda parvoz qilish va yana aerodromga qo’ndirishga mo’ljallanadi. Asosiy vazifasi — uzoq muddat orbitada parvoz qiladigan ekipajli orbital stansiyalarni zarur narsalar (oziq-ovqat, usqunalar) bilan ta’minlash va ekipajni almashtirish. Undan harbiy maqsadlarda ham foydalanish ko’zda tutiladi. Havo-kosmik samolyotning eksperimental loyihalari (masalan, AQSh da «Astro», Angliyada «Mustard») yaratilgan, lekin biror samara bermagan.