Havo-reaktiv dvigatel

Havo-reaktiv dvigatel — yonilg’ini o’t oldirish uchun atmosfera havosi kislorodidan foydalaniladigan reaktiv dvigatel. Tortish kuchi yonish gazlarining reaktiv soplodan otilib chiqishi natijasida hosil bo’ladi. Gazlarning soplodan katta tezlikda otilib chiqishi uchun Havo-reaktiv dvigatelning yonish kamerasiga keluvchi havo siqiladi. Havoni siqish usuliga qarab, Havo-reaktiv dvigatel turbokompressorli (TRD), pulsasiyalanuvchi (Pu vrd) va to’g’ri oqimli (PVRD) xillarga bo’linadi. Havo-reaktiv dvigateldan uchish apparatlari (samolyot, vertolyot, samolyot-snaryad)ni harakatlantirish uchun foydalaniladi.