Shaxta pechi

Shaxta pechi — ish bo’shlig’i yuqoriga tik cho’zilgan sanoat pechi; ko’ndalang kesimi doira (tsilindrik, konussimon) yoki to’g’ri to’rtburchak shaklda bo’ladi. Ishlov beriladigan material (shixta) yuqoridan solinadi, tayyor mahsulot esa pastdan olinadi; yoqilg’ining gazsimon yonish mahsulotlari yuqoridan tushib kelayotgan materialga qarshi harakatlanadi. Shaxta pechi, asosan, rudalardan metallar olishda (masalan, domna pechi), metall eritishda, o’tga chidamli xom ashyoni qattiq qizdirishda ishlatiladi. Shuningdek, metallarga termik ishlov berish uchun elektr qarshilikli Shaxta pechi qo’llanadi.