Shaxta, shaxta stvoli

Shaxta, shaxta stvoli — kon ishl rini bajarish uchun, yer yuzasiga chiqish yo’liga ega bo’lgan, yer ostidagi tik yoki nisbatan qiya, ko’ndalang kesimi uncha katta bo’lmagan (4,5×6,5 metr gacha) kon inshooti. Shaxtalar liftlar, izli yoki Konvey — yerli transportlar bilan, qurilish paytida esa paqirlar bilan jihozlanadi. Shaxtalarning ko’ndalang kesimi dumaloq, ba’zan to’g’ri burchakli, kamdankam elliptik shaklda bo’ladi. Nisbatan qiya shaxta stvollari to’g’ri burchakli, ravoq shaklida va dumaloq bo’lishi mumkin. Shaxta devorlari beton, temirbeton, katta hajmli temir va cho’yan gardishlar bilan mustahkamlanadi. Shaxta stvoli odamlarni tushirib-chiqarish, mustahkamlovchi yog’ochlarni tushirish, rudaga aralangan—keraksiz jinslarni chiqarib olish va shaxtani shamollatish, yer osti suvlarini chiqarish va razvedka maqsadlari uchun kavlanadi. Shaxta stvoli turlaridan — yer yuzasiga chiqish yo’liga ega bo’lmagan (ko’r stvol), shaxtaning past qismidan yuqori qismiga foydali qazilmalarni tashib beruvchi tik kon inshooti mavjud. Shaxtalarning xizmat ko’rsatish muddati katta konlarda 50-70 yilga yetadi. Dunyoda eng chuqur Shaxtalar (chuqurligi 4— 4,5 kilometr) Hindiston («chempion rif» shahrisi)da va JAR («Vitvatersrand» va boshqalar)da mavjud. U yerdan oltin, kumush va olmoslar qazib chiqariladi.