Shamolsiz orollar

Shamolsiz orollar, Janubiy Antil orollari — Karib dengizidagi vulkan va marjon orollar guruhi, Kichik Antil orollari arxipelagining Janubiy qismi. Tarkibida Aruba, Kyurasao, Bonayre, Aves va boshqalar orollar bor. Maydoni 1,2 ming km2. Aholi, asosan, Kyurasao va Aruba orollarida yashaydi. Yirik orollar relefi tog’li, maydalari — Paet- tekislik. Iqlimi tropik, yillik yog’in 500— 600 mm. Doim yashil qattiq bargli o’rmonlar va butazorlar bilan qoplangan. Milliy bog’lar tashkil etilgan. Sorgo, banan, batat plantasiyalari bor. Qo’y va echki boqiladi. Neft konlari topilgan. Yirik shaharlari: Villemstad va oranestad. Orollarga dastlab 1499 yilda yevropalik dengizchi sayyoxlardan A.Oxeda va A.Vespuchchi borgan. Orollar (Shamolli orollarga nisbatan) shimoliy Sharqiy Passat oqimiga nisbatan ters joylashganligi sababli Shamolsiz orollar deb nomlangan.