Shiroq Dashti

Shiroq Dashti, Shiroq yassi tog’ligi — Gruziyaning Sharqiy qismidagi qir. Alazani va Iori daryolari oralig’ining Janubiy Sharqiy qismida (Kura havzasi). Eng baland joyi 865 metr. Tuproqlari qora va togjigarrang tuproq. Dasht o’simliklari o’sadi. Iqlimi quruq. O’rtacha temperatura yanvarda — 1°, iyulda 26-26,5°. Yiliga 400-500 mm yog’in tushadi. Dashtning o’zlashtirilgan erlariga makkajo’xori, bug’doy ekiladi. Qishki yaylov sifatida foydalaniladi. Neft koni bor.