Shiszyachjuan
Shiszyachjuan, Shimen Xitoyning shimoliy qismidagi shahar, Buyuk Xitoy tekisligining shimoliy g’arbiy qismida joylashgan. Xebey provintsiyasining ma’muriy markazi. Aholisi 8,6 million kishi (1999, shahar atrofi bilan). Transport yo’llarining yirik chorrahasi. Mamlakatning og’ir sanoat markazi. Transport, konchilik va boshqalar mashinasozlik sohalari, qora metallurgiya, qurilish, kimyofarmasevtika, yirik to’qimachilik sanoati korxonalari bor. Shiszyachjuan yaqinida ko’mir va temir rudasi qazib olinadi.