Sheki, Shakki
Sheki, Shakki (1968 yilgacha Nuxa) — Ozarbayjondagi shahar (1840 yildan). Katta Kavkaz tog’larining Janub etagida. Evlax temir yo’l chorrahasidan 77 kilometr shimolda. Aholisi 57,8 ming kishi (1990-yillar o’rtalari). Sheki Shimoliy Ozarbayjondagi tarixiy Sheki viloyati markazi, 18- asr o’rtalaridan 1819 yil gacha Sheki xonligi markazi bo’lgan. Shaharda shoyi ishlab chiqarish birlashmasi, oziq- ovqat korxonalari (go’sht kombinati va boshqalar), tikuvchilik fabrikasi, tamaki-fermentasiya zavodi, teatr, tarixiy o’lkashunoslik muzeyi, M.F. Oxundovning uymuzeyi (Shekida tug’ilgan), iqlimiy kurort bor. Me’moriy yodgorliklardan (toshdan qurilgan ko’handiz ichida) Sheki xonlari saroyi (18-asr), karvonsaroy, hammom, masjidlar va boshqalar binolar (18-19-asrlar) saqlangan.