Shahriston dovoni
Shahriston dovoni — Turkiston tizmasidagi dovon. Shdlan Xo’jand— Dushanba trakti o’tadi (Tojikiston). Dovon atrofi gersin burmalanishi davrida hosil bo’lgan, paleozoyning slanes va ohaktoshlaridan tuzilgan. Eng baland joyi 3378 metr. Dovon orqali Ustrushona shahri va Ayniy qishlog’ini (Zarafshon vodiysida) birlashtiruvchi trakt o’tadi. Shahriston dovonida qish sovuq va uzoq davom etadi, yozi qisqa va salqin. Iyulning o’rtacha temperaturasi 10,3°, yanvarniki -11,4°. Yiliga 339 mm yog’in yog’adi.