Sherfedinov Yagya Sherfedinovich

Sherfedinov Yagya Sherfedinovich (1894.18.3, Feodosiya 1975.29.1, Toshkent) —Qrim-tatar kompozitori. Qrim ASSR (1941)da va O’zbekiston (1971)da xizmat ko’rsatgan san’at arbobi. Moskva konservatoriyasini tugatgan (1931). Simferopol radioqo’mitasining musiqa bo’limi mudiri (1931 — 37), opera va balet teatri, xalq ijodi uyi, ashula va raqs ansamblida badiiy rahbar (193741). 1941 yildan O’zbekistonda. Muqimiy teatri (1941 — 43)da, Andijon teatri (1944-47)da musiqa rahbari. Andijon bolalar musiqa maktabi (1947-52), Toshkent o’quvchilar saroyi (1952-55)da musiqa o’qituvchisi. 1956 yildan faqat ijod bilan shug’ullangan. Sherfedinov «Kim ishlasa, u tishlaydi», «Alim», «Arzilik qiz» (uchchalasi ham Yu.Bolat pyesasi), T.Jalilov bilan «Nurxon» (ikkinchi tahriri, 1944, K.Yashin), «Qaydasan, mening sevgim» (R.Murod) kabi musiqali drama va komediyalar, turli simfonik, vokalsimfonik asarlar, qo’shiq va romanslar yaratgan. «Qrimtatar xalq ashula va raqslari» (1931, 1958), «Xaytarma kuylaydi» (1975) to’plamlarini nashr qildirgan.